G'unchalar pushtirang va za'far
Zangori yaproqlar shahrida.
G'unchalar orzumdek har safar,
G'unchalar qalbimning bag'rida.

Qalbimning bag'rida bir jahon
G'aroyib ertaklar aytadi.
Men qaytib kelmasman hech qachon,
G'unchalar albatta qaytadi.










